19 Oktyabr 2024 yil 524

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida, Termiz shahrida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugun, Termiz shahar Ma’daniyat bo‘limi binosida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Atanazarov, Termiz shahar IIB boshlig‘i M.Boltaev, sektorlar, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi faollari ishtirokida Termiz shahrining “Pattakesar” mahallasi hududida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishgangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, dastlab shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Boltaev kirish so‘zini olib, kun tartibiga qo‘yilgan muhim masala yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, Pattakesar mahallasi hududida sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.Atanazarov mahalla yettiligi faollari, keng jamoatchilik, qo‘ni-qo‘shnilar qolaversa, har bir fuqaro bu kabi salbiy holatlarni sodir bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib emas, balki har bir holatga bee’tibor bo‘lmasdan uni oldini olishga harakat qilishi, mahallada bo‘layotgan noxush holatlarga barcha mas’uliyatni his etgan holda yondoshishi, lozimligi to‘g‘risida fikr bildirib, mahalla faollarining, tegishli idora vakillarining jinoyat sodir etilgunga qadar bo‘lgan faoliyatiga keskin tanqidiy baho berib o‘tdi.

Shu bilan birga yig‘ilishda ishtirok etgan jamoatchilik vakillari ushbu sodir etilgan jinoyatga o‘zlarining munosabatlarini bo‘ldirib o‘tishdi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Termiz shahar hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilanib, aniq vazifalar yuklatildi.

Text to speech