24 Avgust 2024 yil 250

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning navbatdagi “Ommaviy sayyor qabuli” o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan qabulda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

“Ommaviy sayyor qabuli”da fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, oilaviy nizolashish va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa mas’ullarga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Text to speech