22 Oktyabr 2024 yil 446

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida, Muzrabot tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugun, Muzrabot tumani 16 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Yakubov, Muzrabot tuman hokimi A.Qurbonov, sektorlar, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi faollari ishtirokida Muzrabot tumanining “Mehrigiyoh” mahallasi hududida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishgangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, dastlab tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Shkurov kirish so‘zini olib, kun tartibiga qo‘yilgan muhim masala yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, Mehrigiyoh mahallasi hududida sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari U.Yakubov mahalla yettiligi faollari, keng jamoatchilik, qo‘ni-qo‘shnilar qolaversa, har bir fuqaro bu kabi salbiy holatlarni sodir bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib emas, balki har bir holatga bee’tibor bo‘lmasdan uni oldini olishga harakat qilishi, mahallada bo‘layotgan noxush holatlarga barcha mas’uliyatni his etgan holda yondoshishi lozimligi, mahalladoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibatning yo‘qolishini oldini olish to‘g‘risida fikr bildirib, mahalla faollarining, tegishli idora vakillarining jinoyat sodir etilgunga qadar bo‘lgan faoliyatiga keskin tanqidiy baho berib o‘tdi.

Shu bilan birga yig‘ilishda ishtirok etgan jamoatchilik vakillari ushbu sodir etilgan jinoyatga o‘zlarining munosabatlarini bo‘ldirib o‘tishdi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Muzrabot tumani hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga hamda mahalla yettiligi faollariga har bir xonadonni ayniqsa notinch oilalar, uzoq muddatga ketganlarni oila azolari bilan profilaktik ishlar olib borish yuzasidan topshiriqlar berilib, jinoyatchilikni barvaqt jilovlash yuzasidan muhim chora-tadbirlar belgilanib, aniq vazifalar yuklatildi.

Text to speech