6 Noyabr 2024 yil 550

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovning navbatdagi “Ommaviy sayyor qabuli” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan qabulda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

“Ommaviy sayyor qabuli” jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, IIV tizimiga ishga tiklash, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, quda-andalar o‘rtasidagi nizolarga barham berish, uy-joyni nomiga rasmiylashtirish, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, “Ommaviy sayyor qabuli” davomida ichki ishlar organlari tizimida kasbiga sodiqlik va halollik bilan yondoshgan holda xizmat qilayotgan tergov va surishtiruvchilarning faoliyatlaridan mamnunligini bildirgan fuqarolar ham ishtirok etishib, o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Text to speech