Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.M.Yakubov tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari bilan ijrochilik va xizmat intizomiga hamda qonuniylikka qat’iy rioya etishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Kuni kecha boshqarma
binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
U.M.Yakubov viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki tartib-intizom va kundalik idoraviy nazoratni
kuchaytirish, tizimda xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida beparvolik muhitiga barham
berish, uchun o‘zini o‘zi profilaktika qilish tizimini yo‘lga qo‘yish tadbirlari
amalga oshirilishini ta’kidladi. Xizmat jarayoni va xizmatdan tashqari vaqtlarda
spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, xizmat hududida yashash, favqulodda va salbiy
holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, firibgarlik, tovlamachilik, korrupsiya va ta’magirlikka
qarshi murosasiz bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif qilish
va va boshqa noqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar
ko‘rish, har bir xodim shaxsiy xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘lamini
oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Yig‘ilish davomida, huquqbuzarlik
va jinoyatni barvaqt jilovlash, ularning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar tanqidiy muhokama qilinib, yig‘ilish ishtirokchilariga tegishli yo‘riqnoma
va aniq vazifalarni belgilab berdi.