21 Iyun 2024 yil 270

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” doirasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi.

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosobat bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shadiev tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida oylik doirasida profilaktik o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganishda Jarqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan xizmat intizomini buzish holatlarini oldini olish maqsadida, ularning xizmat xonalarida va ish yurituvidagi hujjatlari ko‘zdan kechirilib aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat kiyim-boshlarini kiyib yurishi, yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlari nazorat qilinib, ular tomonidan salbiy xatti-harakatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Text to speech