Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan, Termiz shahridagi og‘ir toifadagi mahallalar o‘rganildi
Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Termiz shahrida “og‘ir toifa” sirasiga kiritilgan “Bog‘ishamol” mahalasida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori hamda 2025 yil 18 avgust kunidagi PQ-253-sonli Qarorlari ijrosi bo‘yicha, Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, tashkiliy-profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi sub’ektlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Bugun Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Xurshid Atanazarov kriminogen
vaziyati “og‘ir toifada” bo‘lgan Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasiga tashrifi
davomida, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi a’zolari
ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat
va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahallani xavfsiz hududga
aylantirish, aholi ko‘p to‘planadigan joylarni kameralashtirish, fuqarolarning kiber
jinoyatlar qurboni bo‘lib qolishining oldini olish, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda
sog‘liqni saqlash idoralari hisobidagi kasallar
bilan alohida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, jamoat
tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jinoyat va huquqbuzarliklarni
barvaqt oldini olishga alohida urg‘u berildi. Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
boshlig‘i ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish
zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga Prezidentimizning
2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, hamda 2025 yil 18 avgust kunidagi
PQ-253-sonli Qarorlari ijrosi bo‘yicha, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, tashkiliy-profilaktik
tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga
oshiruvchi sub’ektlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, kriminogen vaziyati
murakkab mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, bu borada
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida,
Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X. Atanazarov “Bog‘ishamol”
MFYda tashkil etilgan “102” xizmati faoliyati bilan tanishib, u yerda bino va hududning
tozaligi, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tegishli ish hujjatlari ko‘zdan
kechirilib, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzrliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘i hamda hududiy profilaktika inspektorining hududda “jinoyat
va xuquqbuzarliklarni” oldini olish yuzasidan tayyorlangan taqdimoti tinglandi.
Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.