Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Dastlab,
viloyat IIB boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov boshqarma binosi hovlisida
saf tortgan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki tartib-intizom va kundalik idoraviy nazoratni kuchaytirish, tizimda xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida beparvolik
muhitiga barham berish, uchun o‘zini o‘zi profilaktika qilish tizimini yo‘lga qo‘yish
tadbirlari amalga oshirilishini ta’kidladi. Xizmat jarayoni va xizmatdan tashqari
vaqtlarda spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, xizmat hududida yashash, favqulodda
va salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, firibgarlik, tovlamachilik, korrupsiya va
tamagirlikka qarshi murosasiz bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif
qilish va boshqa noqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar
ko‘rish, har bir xodim shaxsiy xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘lamini
oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Yig‘ilish davomida, yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama
qilinib, yig‘ilish ishtirokchilariga tegishli yo‘riqnoma va aniq vazifalar belgilab
berildi.