Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Denov tumanida sodir etilgan umumiy va og‘ir turdagi jinoyatlar hamda “Bek” MChJga qarashli savdo do‘konlaridagi yong‘in kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.
Joriy
yilning 25 iyun kuni Denov tuman hokimligi
binosida, tumandagi kriminogen vaziyat, shu kunga qadar sodir etilgan jinoyat va
huquqbuzarliklar, Istiqlol mahallasida sodir bo‘lgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyat
hamda “Bek” MChJga qarashli savdo do‘konlaridagi yong‘in muhokamasiga bag‘ishlangan
tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan
yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov, tuman
hokimi Ilhom Abrorov, tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilot vakillari,
“mahalla yettilik” vakillari va nazorat ostidagi shaxslar, keng jamoatchilik hamda
ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Xususan,
hozirgi kunda tumanning kriminogen vaziyati, «qizil» toifada qolayotgan mahallarda
amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, Istiqlol mahallasida
sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatning kelib chiqish sabab va shart-sharoiti haqida
boshqarma boshlig‘i yig‘ilish ishtirokchilariga qisqacha ma’lumot berib, jinoyatga
sabab bo‘lgan har bir holat tahlil etilib, bunda oiladagi nosog‘lom muhit, qo‘ni
– qo‘shni, mahalla ko‘y, qarindoshlarning ham salbiy ta’siri ta’kidlandi.
Shuningdek,
"Bobur" mahallasida joylashgan “Bek” MChJga qarashli savdo majmuasida
sodir bo‘lgan yong‘in joyiga viloyat IIB boshlig‘i, viloyat va tuman mas’ullari
yetib borishib, savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in talafotlarini ko‘zdan kechirib,
bozor hududida faoliyat olib borayotgan aholi vakillari bilan profilaktik tushuntirish
ishlari olib borilganligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda,
mas’ullarga, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat sodir etishga moyil
bo‘lgan fuqarolar bilan tizimli ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan mexanizmni harakatga
keltiruvchi “richag” bu “mahalla yettilik” vakillari bir yoqadan bosh chiqarib,
hamjihatlikda faoliyat yuritmasligi mana shunday ko‘ngilsiz mudhish voqealarga sabab
bo‘lishini yana bir bor hayotiy misollar bilan keltirdi.
Shu
asnoda “mahalla yettiligi” faollarini yana bir bor hushyorlikka chaqirib, hududda
kelib chiqayotgan kichkina ko‘ringan muammo va turli nizolarni o‘z vaqtida o‘rganib,
ularni bartaraf etishga mas’ul ekanliklari uqtirilib zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar
berildi.
Aytish
kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli
qarori ijrosi doirasida, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organ
hamda muassasalar ishtirokida jinoyat sabablarini o‘rganish, ularni sodir etilishiga
imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan
holda «mahallabay» va «sohabay» muhokama qilish tartibi joriy etilgan.
Bu amaliyotni e’tiborli jihati xalq bilan bo‘layotgan muloqotlar jarayonida
jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha aholi vakillarining ham taklif va tashabbuslari
o‘rtaga tashlanmoqda.