Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Sherobod tumanida amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tinishdi
Xalqimizda “Obod
joyda qut-baraka bo‘ladi”-degan naql bor.
Davlatimiz rahbarining
tashabbusiga asosan hududlardagi tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod
ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu islohotlarni
birgina Sherobod tumanidagi 1 sektor hududi “Xo‘jgi” mahallasining Yulduz ko‘chasida
ham ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur mahallada,
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov, sohaviy
tashkilotlar vakillari, tuman sektor rahbarlari va mahalladagi “beshlik”dan iborat
Ishchi guruhi xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish
ishlarini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish
ishlari, mahalladagi ijtimoiy ob’ektlar va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, unda aniqlangan kamchiliklarni
tezkorlikda bartaraf qilishlik yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma
va tavsiyalar berildi.