Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida safda yurish, jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshker va jangovar o‘qotar qurollardan foydalanishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 5-iyuldagi tegishli farmoyishga asosan Surxondaryo viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadida, viloyat IIB shaxsiy tarkibining safda yurish, jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshker va jangovar o‘qotar qurollardan foydalanish va ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda, xodimlar naf nizomi bo‘yicha
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hatti-xarakatlar, maxsus vositalar, elektroshker
va jangovar o‘qotar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari, ularni olib yurish,
saqlash hamda xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari
hamda uning huquqiy asoslari to‘g‘risida tushuntirildi.
Shuningdek, turli vaziyatlarda xodimlar tomonidan shubhali
va portlovchi vositalar aniqlanganda ichki ishlar organlari xodimining dastlabki
harakatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shu kabi o‘quv mashg‘ulotlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.