Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi sport mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarga asosan sportning qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, engil atletika, og‘ir atletika, suvda suzish, sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali shaxsiy tarkibning tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona tezkorlik bilan qo‘llash lozim bo‘ladi. Yuqoridagi sifatlar esa xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shu boisdan Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan
navbatdagi sport mashg‘ulotlari sport murabbiyi tomonidan turli sport turlari bo‘yicha
o‘tkazilishi ta’minlandi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev ham ishtirok etib, mashg‘ulot davomida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil 20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi hamda unda belgilangan vazifalar tushuntirildi.