26 Avgust 2024 yil
294
Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Saf ko‘rigini o‘tkazish
davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan
formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi,
tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomalarining mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganligiga
hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Saf ko‘rigini o‘tkazish
davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida viloyat Ichki
ishlar organlarining barcha rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tuman IIB hamda sohaviy xizmatlarda tashkil etildi.