Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamda quyi tizimi xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Unda bevosita ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi IIV ekspert kriminalistika bosh markazi katta eksperti mayor Nodir Rashidov, Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Arslon Mansurov, Toshkent viloyati IIBB EKM bosh eksperti mayor Hamid Rahimbaevlar tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish, qadoqlash hamda tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida kriminalistik-texnik vositalarni qo‘llash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazishdi.
Shuningdek, sud fotografiyasining
umumiy qoidalari, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari isbotlov bazasining
shakllantirishdagi ahamiyati, portlash va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq
voqea joylarini ko‘zdan kechirish, tintuv va tergov eksperimentini o‘tkazish bo‘yicha
nazariy ma’lumotlar berildi.
O‘tkazilgan mahorat darslari yakunida, IIB Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimlarining barcha xodimlariga “Hodisa joyini ko‘zdan kechirish” bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.