Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Ismoilov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan muzrabotlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan Muzrabot tumani hokimligi binosida Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Salomovich, Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov,
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi birgalikda tumandagi tadbirkorlik
faoliyatini boshlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan
100 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Unda tumandagi 37 mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, tijorat
banklari rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Samimiy suhbat, qiziqarli
savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda 10 nafar yoshlarning murojaatlari
shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan murojaatlar
bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.