Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Termiz arxeologiya muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.
Inson komillikka erishishda va ma’naviy yetuk bo‘lishda o‘tmish va tarixni o‘rganish bugungi kunda muhim hisoblanadi. Shu boisdan tarixiy obidalar, muzeylarga sayohatlar tashkil etilmoqda. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa inson qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.
Ayni shu jihatlarni e’tiborga olgan holda
joriy yilning 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari
ishtirokida “Termiz arxeologiya muzeyi”ga sayohat tashkil etildi. Sayohat
davomida soha mutaxassislari tomonidan xodimlarga muzey tarixi hamda muzeyda mavjud
eksponatlar to‘g‘risida malumotlar berildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi ekskursiyalarni doimiy ravishda tashkillashtirib borish tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.