19 Avgust 2024 yil
389
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida, Termiz shahrida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Bugun, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universitetida, Termiz shahrining “Jo‘yjangal” mahallasi hududida Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Ismailov, Termiz shahar hokimi O‘.To‘raev,
sektorlar, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi faollari
ishtirokida ushbu hududda sodir etilgan jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, dastlab Termiz shahar
hokimi O‘.To‘raev kirish so‘zini olib, kun tartibiga qo‘yilgan muhim masala yuzasidan
qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
M.Boltaev Jo‘yjangal mahallasi hududida oila turmush doirasida sodir etilgan noxush
holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.
Viloyat IIB boshlig‘i T.Ismailov mahalla yettiligi faollari,
keng jamoatchilik, qo‘ni-qo‘shnilar qolaversa, har bir fuqaro bu kabi salbiy holatlarni
sodir bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib emas, balki har bir holatga bee’tibor bo‘lmasdan
uni oldini olishga harakat qilishi, mahallada bo‘layotgan noxush holatlarga barcha
mas’uliyatni his etgan holda yondoshishi, lozimligi to‘g‘risida fikr bildirib, mahalla
faollarining, tegishli idora vakillarining jinoyat sodir etilgunga qadar bo‘lgan
faoliyatiga keskin tanqidiy baho berib o‘tdi.
Shu bilan birga yig‘ilishda ishtirok etgan jamoatchilik
vakillari ushbu sodir etilgan jinoyatga o‘zlarining munosabatlarini bo‘ldirib o‘tishdi.
Muhokama yig‘ilishi yakunida,
viloyat IIB boshlig‘i tomonidan Termiz shahar hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir
etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar
belgilanib, aniq vazifalar yuklatildi.