12 Fevral 2025 yil 577

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-son Qaror ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi videoselektor tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, studiyalardan shahar-tuman IIB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari Baxtiyor Inoqov tomonidan kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi doirasida mahallalarda olib borilayotgan ishlar tahlil asosida muhokama qilindi.

Qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini shahar-tuman sektor rahbarlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ mas’ullari bilan birgalikda lozim darajada bajarish kerakligi uqtirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining Jamoat xavfsizligi xizmati bo‘yicha o‘rinbosari Uchqun Yakubov ham so‘z olib, joylarda Qaror talabini sust darajada olib borayotgan qizil toifaga biriktirilgan mas’ullarning faoliyatini tanqid qilib, mahalla yettiligi a’zolari hamda hududlarda kameralashtirish, ko‘p qavatli uylarga domofonlar o‘rnatish, “Xavfsiz mahalla”, “Na’munali xavfsiz yo‘lak”, “Huquq-tartibot maskani” yaratish, “Xavfsiz bekat” namunasini ishga tushirish, “Yoshlar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish” va boshqa bir qator vazifalar yetarli darajada olib borilmayotganligi misollar bilan tanqid qilinib masu’llarga mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu topshiriq va vazifalar ijrosi yetarli darajada olib borilmayotgan hudud mas’ullariga tegishli tartibda intizomiy choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Text to speech