22 Aprel 2024 yil 457

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 15 apreldagi hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024 yil 20 aprel kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan 2024 yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilinganligi bo‘yicha Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ham mazkur yo‘nalishda ishlar uyushqoqlik bilan tashkillashtirilmoqda.

Joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlariga video selektor tarzida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida targ‘ibot tadbiriga Termiz shahar  adliya  bo‘limi  yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti 2-darajali adliya maslahatchisi  Voxid Nazarov viloyat IIB taklif etilib, shaxsiy tarkibga “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbira Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Davlat siyosatining asosiy vazifalari, Korrupsiya tushunchasi, turlari, sabablari va ijtimoiy  xavfliligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati va uni amalga oshirish mexanizmlari, Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar qaytarildi.  

Bu kabi profilaktik-targ‘ibot tadbirlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Text to speech