Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, Vatan taraqqiyoti
va jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish borasidagi ishlar davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan yurtimizda ayollarni asrab-avaylash, ularga
hurmat ehtirom ko‘rsatish, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, oilalarning
barqarorligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil
23 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida
8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini
ta’minlagan holda, joriy yilning 7 mart kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilib
kelayotgan xodimalar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning
oila a’zolari hamda Viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy xodimalari taklif
etilib bayram dasturxoni yozildi.
Bayram tadbirida
viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich ishtirok etib, sana
munosabati bilan barcha ayollarni muborakbod etdi.
Shundan so‘ng,
xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimalar orasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 1 nafari “Sodiq xizmatlari
uchun” davlat mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga
asosan xotin-qizlarning 1 nafari “A’lo xizmatlari uchun”, 2 nafari “I va III darajali
Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun ko‘krak nishoni”, 1 nafari Ichki
ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan, 1 nafari Ichki ishlar vazirining
“Esdalik qo‘l soati”, 1 nafari ichki ishlar vazirining “Qimmatbaho kitoblar to‘plami”
bilan taqdirlangan bo‘lsa, 1 nafar xodima ayolga muddatidan oldin “katta leytenant” maxsus unvoni
bilan berildi.
Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘ining
tegishli buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovining viloyat
bosqichida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan xodimalarga pul mukofotlari topshirildi.
Bundan tashqari, viloyat IIB boshlig‘ining
tegishli buyrug‘iga asosan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan
barcha xodimalarga bir martalik pul mukofoti hamda viloyat IIB birlashgan Kasaba
uyushmasi kengashining esdalik sovg‘alari bayram tadbiriga tashrif buyurganlarga
topshirildi.