Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Ichki ishlar organlarida “Sog‘lom
oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini tatbiq etish, oilaviy qadriyatlarni
saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, dunyoqarashi
va ma’naviyatini yuksaltirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini
ommalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil
15 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Namunali oila”
ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i
ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8 aprel kuni viloyat Ichki ishlar
organlari xodimlari oilalari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovi
o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda ichki ishlar organlarida
kamida 5 yil amaliy ish stajiga ega, oila qurganiga 8 yil to‘lgan (ma’lumot
uchun; xodimlarning 7 – 15 yosh oralig‘idagi farzandlari
ko‘rik-tanlovda ishtirok etishlari mumkin), harakatdagi intizomiy jazosi mavjud
bo‘lmagan, viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan jami
12 ta oila ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlov shartlarini bajarish davomida
ishtirokchi xodimlar va ularning oila a’zolari o‘z
iste’dod va qobiliyatlarini namoyish etishdi.
Qizg‘in va munozarali baxslardan so‘ng, faxrli
3-o‘ringa Bandixon tumani IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori kapitan Boyqobilov
Zafar Abdumurodovich oilasi, 2-o‘ringa Angor tumani IIB Jamoat xavfsizlik
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bòlinmasi profilaktika katta inspektori
mayor Xalturaev Davlatmurod Abdikadirovich oilasi munosib deb topilgan bo‘lsa,
Sherobod tumani IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘linmasi ijtimoiy profilaktika guruhi katta inspektori mayor Normurodov
Elmurod Yo‘ldoshevichning oilasi 1-o‘ringa munosib deb topilib, mazkur ko‘rik-tanlovning
respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan oilalar, turli
nominatsiyalar bo‘yicha diplom va boshqarmaning esdalik sovg‘alari hamda
kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov xodimlar va ularning oila a’zolarining iste’dodini yuzaga chiqarish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, viloyat IIB tizimida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.