Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlari o‘rtasida viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96-son “Zakovat intellektual o‘yinini
aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirining 2024 yil 4 aprel kunidagi tegishli Farmoyishi ijrosini ta’minlash
maqsadida, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar
organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual
o‘yini tashkil etildi.
Ushbu intellektual o‘yinda boshqarmaning sohaviy xizmat va barcha
shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari hamda ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik
litseyidan tashkil topgan jami 18 ta jamoalar ishtirok etishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslarda yakuniy natijalarga ko‘ra
3 o‘rinni Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi
saf bo‘linmalari patrul-post xizmati batal’oni jamoasi, 2 o‘rinni Ichki ishlar vazirligi
Surxondaryo Akademik litseyi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq
g‘olibi bo‘lgan holda 1 o‘rinni boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Sariosiyo tumani
ichki ishlar bo‘limi jamoasi egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani
qo‘lga kiritishdi.
Tanlov so‘ngida g‘olib jamoalar boshqarma boshlig‘ining diplom
hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Albatta bu kabi tanlovlarni muntazam
ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual
salohiyati, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini
oshirish, notiqlik xususiyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.