Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov
asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning
xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va
kasbiy fazilatlarga ega erkak nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda
ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
-doimiy yashash
joyi bo‘yicha Surxondaryo viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy
xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18
yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 170
(bir yuz yetmish ) santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim
muassasalarini imtiyozli (qizil) diplom bilan tamomlagan;
- Talabalar
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi
bo‘lgan;
- Ilmiy daraja
yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar;
- Olimpiya
sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo
chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi
bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lganlar va sportning individual
turlarida g‘olib bo‘lganlar;
- xizmat
majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari
xodimlari va
harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar https://kb.iiv.uz/ sayti orqali faqat onlayn
tarzda qabul qilinadi.
Joriy yilning 21 dekabr kunidan
2025 yil 16 yanvar kuniga
qadar murojaat qilmagan nomzodlar
ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha
ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining telegram rasmiy
sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari yoki 76-224-15-76, 90-076-12-42 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2024 yil 21 dekabr kunidan
2025 yil 16 yanvar kuniga qadar https://kb.iiv.uz/ portal orqali ro‘yxatdan
o‘tishlari talab etiladi.
SURXONDARYO VILOYATI IIB MMI VA KBTX