24 Fevral 2024 yil 328

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimalari o‘rtasida “Zakovat” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 21 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga muvofiq, 8-mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 27-29 fevral kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan III-Respublika xotin-qizlar forumi asosida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida ham “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda viloyat IIB sohaviy xizmatlari, 15 ta shahar-tuman IIBlardan tashrif buyurgan xodimalar ishtirok etishdi.

Bunda xodimalar savol-javob asosida bellashdilar. Qizg‘in va qiziqarli kechgan tanlov yakuniga ko‘ra “Yoshlar” jamoasi 3-o‘rinni, “Femida” jamoasi 2-o‘rinni, “Qaqnus” jamoasi 1-o‘rinni, qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech