16 Aprel 2024 yil 291

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodim va ishchi xizmatchilarning oila a’zolarini Angor tumani “Ishga marhamat” Monomarkazidagi qisqa muddatli bepul o‘quv kurslariga taklif etadi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804 sonli qaroriga asosan Angor tumani  “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etilgan.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy ma’rifiy va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari tomonidan Angor tumani “Ishga marhamat” Monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, ushbu Monomarkazda tashkil etilgan o‘quv kurslarida bepul o‘qishni tavsiya etadi.

O‘quv kurslari

*Ayollar sartaroshligi ( 3 oy )

*Erkaklar sartaroshligi ( 2 oy )

*Tikuvchilik ( 3 oy )

*Qandolatchilik ( 2 oy )

*Oshpazlik ( 2 oy )

*Kosmetologiya ( 2 oy )

*Neyl-stilist ( 2 oy )

*Yosh bolalar va qariyalar uchun enaga ( 2 oy )

*Avtoservis texnik xizmat ko‘rsatish ( 2 oy )

*Santexnika ( 3 oy )

*Elektrik ( 3 oy )

*Payvandlovchi ( 3 oy )

*Maishiy uy ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash ustasi ( 3 oy )

*Kran operatorligi ( 3 oy )

*Tokar (Frezer) ( 3 oy )

*Suvoqchi va bo‘yoqchi ( 2 oy )

*Kafel va g‘isht teruvchi ( 2 oy )

*Qishloq xujaligi sohasidagi Issiqxona bo‘yicha mutaxasis ( 3 oy )

*Tadbirkorlik asoslari ( 1 oy )

*Web dasturlash ( 3 oy )

*Kompyuter savodxonligi ( 1 oy )

*Buxgalteriya IS dasturi (o‘rta malakali) o‘quv kursi ( 3 oy )

 

Xorijiy tillar

*Rus tili ( 3 oy )

*Ingliz tili ( 3 oy )

*Koreys tili ( 3 oy )

*Yapon tili ( 6 oy )

*Nemis tili  ( 3 oy )

 

O‘quv kurslarini tamomlab o‘z sertifikatingizga ega bo‘ling.

Sizning muvaffaqiyatingiz shu yerdan boshlanadi.

Manzil: Angor tumani Madaniyat mahallasi

Murojaat uchun tel: +99855-451-80-06

                                    +99897-846-83-23

Text to speech