Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamda Muzrabot tumani 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi
PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 25-bandida “Yoshlarda korrupsiyaga
nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” hamda ta’lim dargohlaridagi o‘quvchi
yoshlar ongida Vatan tuyg‘usini shakllantirish maqsadida, “Vatan tayanchi” shiori ostida joriy yilning 27 yanvar kuni Muzrabot
tumani “Do‘slik” mahallasida joylashgan 51-sonli umumiy o‘rta-ta’lim maktabida tahsil
olayotgan boshlang‘ich hamda yuqori sinf o‘quvchilariga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining
bir guruh xodimlari ishtirokida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda ushbu maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarga
ichki ishlar organlari xodimlari ta’lim dargohlarida chuqur bilim olishlari, bo‘sh
vaqtlarini foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari natijasida ularning shaxsiy
hayotida, tanlagan kasbida va sport sohasida erishgan yutuqlari, hozirgi kunda ichki
ishlar organlari tizimida olib borilayotgan islohotlar ortidan xodimlar uchun yaratilayotgan
shart-sharoitlar shuningdek Vatanimiz tinchligini himoya qilish unga kamarbasta
bo‘lish har bir o‘g‘il-qizning sharafli burchi ekanliklari hususiyda so‘z yuritishdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga
soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi vatanparvarlik uchrashuvlarini
tashkil etib borish yoshlarda Vatanga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, qalbida faxr
va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.