22 Yanvar 2025 yil 464

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, ularning mavjud iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida, viloyat IIBning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov uchta shartdan iborat bo‘lib, birinchi shart “Badiiy asarlar bilimdoni”,  ikkinchi shart “Tezkor savol-javob” hamda uchinchi shart “Buyuk mutafakkir va adib”-deb, nomlandi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan ko‘rik-tanlov yakunida 3-o‘rinni Sadoqat Norquvvatova, 2-o‘rinni Dilshoda Qosimova va faxrli 1-o‘rinni Dilafruz Allanazarovalar qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar viloyat Ichki ishlar boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech