16 Mart 2025 yil 978

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va  bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.

Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat foliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilarning  Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, 2025 yil 16 mart kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

“Ommaviy sayyor qabul” davomida 20 nafar fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish, pul oldi berdi masalasi va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Qilingan murojaatlarning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 13 ta murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etilganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga olindi.

Text to speech