Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-sonli Farmoni hamda Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 17 yanvar kunidagi tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarini o‘tkazilishi belgilanib, bu borada Surxondaryo viloyatida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu olib borilayotgan profilaktik
chora-tadbirlar ko‘lami va sifatini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ullari, Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati
ishtirokida video selektor tarzida yig‘ilish o‘tkazilib, tegishli sohaviy xizmat
hamda shahar-tuman IIB mas’ullariga kelgusida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo viloyatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.