22 Fevral 2024 yil 281

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 21 fevraldagi  “Ichki ishlar organlarida “Fidoyi ayol xodima” ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga muvofiq, 8-mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 27-29 fevral kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan III-Respublika xotin-qizlar forumi asosida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida ham kuni kecha “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda viloyat IIB sohaviy xizmatlari, 15 ta shahar va tumanlardan tashrif buyurgan xodimalar ishtirok etishdi.

Bunda xodimalar 4 ta shart asosida bellashuvlar olib borishdi.

Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra Bandixon tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Usmonova Sug‘diyona Eshmamat qizi 3-o‘rinni, Boshqarma  Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Manzil-ma’lumotlar byurosi kichik inspektori safdor Zayniddinova Shoxsanam Faxriddin qizi 2-o‘rinni, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati xuquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologi mayor Allanazarova Dilafruz Abdug‘ani qizi 1-o‘rinni,  qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech