Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida profilaktika inspektorlari uchun onlayn o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirining joriy yilning 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi
davomida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan Jamoat
xavfsizligi xizmati Huqubuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlarining
bilim salohiyatlarini yanada oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash
maqsadida, 2023 yilning 21 noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Surxondaryo
viloyati huquqni muxofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida videoselektor
tarzida dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Ushbu dars jarayonida viloyat Ichki ishlar, prokuratura, Milliy gvardiya
mas’ul rahbarlari, Ma’muriy ishlar bo‘yicha hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Sud raislari
tomonidan dars mashg‘uloti qatnashchilariga hozirgi kunda ichki ishlar organlari
xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ish yurituvidagi ma’muriy hamda
jinoyat haqidagi qilinayotgan murojaatlarni tekshirishda yanada aniqlik bilan ishlashlari
bo‘yicha tushunchalar berildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida,
xodimlar tomonidan berilgan savollariga mutaxasislar tomonidan teishli javoblar
olishdi.