15 Fevral 2025 yil 738

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida, ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida, Surxondaryo viloyat sudi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Sh.Shadiev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Q.Samandarov, viloyat sudi raisi o‘rinbosari B.Djumaev, viloyat sudi sudyalari Sh.Tog‘aev hamda S.Rahimovlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Targ‘ibot tadbiri davomida, ichki ishlar organlari xodimlariga “Mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi va asoslari”, “Ish haqi to‘lovini kechiktirilganligi sababli kompenssatsiya undirish”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar Ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonunining  mazmun mohiyati, “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnat intizomi tushunchasi”, “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini tadbiq etilishida vujudga keladigan masalalar” mavzularida tushuntirishlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

Text to speech