Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tezkor qidiruv va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari bilan
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023-yil 05-sentabr kunidagi tegishli farmoyishiga
asosan, joriy yilning 11-sentabr kunidan
Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qism bazasida qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari
o‘tkazilmoqda.
O‘quv yig‘inlarini samarali tashkil etish maqsadida, sohaviy xizmatlar, boy amaliy tajriba va yuqori malakaga
ega ilmiy-pedagog xodimlar hamda mutaxassislar shuningdek, harbiy qismning
malakali harbiy xizmatchilari
jalb etilgan bo‘lib, o‘quv yig‘inlari doirasida tashkil etilayotgan amaliy tadbirlar
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan
o‘rganilib, xodimlarning o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etishi nechog‘lik
muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Mazkur o‘quv yig‘inini tashkil etishdan asosiy maqsad,
viloyat ichki ishlar organlarining
tezkor qidiruv va patrul-post xizmati bo‘linmalari
xodimlarini fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala
madaniyatini hamda jangovar shayligini oshirish, qolaversa, vaziyatni to‘g‘ri baholash tezkor
qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iboratdir.