Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan sayyor boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘inlari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida uzluksiz
o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda Surxondaryo
viloyati ichki ishlar organlarining ofitserlik
va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan
xodimlar bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 10 dekabr kunidagi
tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning
11 dekabr kunidan 2024 yilning 11 yanvar kuniga qadar Janubiy-operativ qo‘mondonligi tasarrufiga kiruvchi harbiy qism o‘quv bazasida boshlang‘ich kasbiy
tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv yig‘inini
tashkil etishdan asosiy maqsad, viloyat ichki ishlar organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov asosida qabul qilingan xodimlarning
boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, fuqarolar bilan muloqot jarayonida
kasbiy mahorati, tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda muomala madaniyatini yanada
oshirishdan iboratdir.
O‘quv yig‘inlarini
samarali tashkil etishda, sohaviy xizmatlarning amaliy
tajribaga boy va yuqori malakaga ega ilmiy-pedagog xodimlar hamda mutaxassislar
shuningdek, harbiy qismning malakali harbiy
xizmatchilari jalb etilgan.
Joriy yilning 11 dekabr
kuni boshlang‘ich kasbiy o‘quv yig‘inlariga jalb qilingan 20 nafar xodimlarga viloyat
Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati
mas’ul xodimlari hamda harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quv yig‘ini
oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv yig‘ini oldi yo‘riqnomada boshlang‘ich
kasbiy o‘quv yig‘inlariga jalb qilingan 20 nafar xodimlarga kun tartibiga hamda
o‘rnatilgan
tartib-intizomga qat’iy rioya qilishlari, o‘quv dasturida belgilab berilgan mavzularni
to‘liq o‘zlashtirishlari lozimligi, o‘quv yig‘ini yakunida sinovlar qabul qilinishi,
mazkur sinovlardan muvofaqiyatli o‘tgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar
topshirilishi ma’lum qilindi.