Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Yangi yil bayram tabrigi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘ining Yangi yil bayram tabrigi
Assalomu aleykum, qadrli yurtdoshlar!
Mana, 2023 yil poyoniga yetib, yangi 2024 yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Avvalo, o‘tgan bir yil davomida mamlakatimizda va odamlar hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi O‘zbekiston tarixida Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar – birgina maqsad sari, ya’ni odamlarni rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash va jamiyatda xotirjamlik, obodlikni ta’minlashga yo‘naltirildi.
Yangi tizim asosida olib borilgan profilaktik ishlar xalqimiz tinchligi, mahallalarimiz obodligini
ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda. Shuningdek,
amalga oshirilayotgan tezkor tadbirlar natijasida inson hayoti bilan bog‘liq o‘ta
og‘ir oqibatli jinoyatlarning oldi olindi.
Viloyatda ichki ishlar organlari zamonaviy qiyofasini shakllantirish, xodimlarning
samarali xizmat olib borishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida bir qator ishlar
amalga oshirildi. Bu borada tezkor- profilaktik tadbirlarining "Dolzarb 40
kunligi" ham kutilgan natijalarni bermoqda.
Prezidentimiz joriy yil
16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida huquqbuzarliklarning oldini
olish va jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan
edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun katta rejalar belgilab olindi. "Qonun ustuvor-jinoyatga
jazo muqarrar"- degan g‘oya asosida
xalqimiz osayishtaligi, yurtimiz obodligi yo‘lidagi barcha chora-tadbirlar
davom etadi.
Aziz vohadoshlar!
Fursatdan foydalanib, barcha vohadoshlarimizni, ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari va xizmat chog‘ida halok bo‘lgan xodimlar oila a’zolarini Yangi-2024 yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yil xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin. Yurtimiz hamisha tinch, osoyishta, hayotimiz yanada to‘kin bo‘lsin. Yangi yil muborak bo‘lsin!
A.S.Ismoilov,
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik