Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturining kuzgi mavsumida faol ishtirok etmoqdalar.
Bugungi kunda dunyo ahlini tashvishga solayotgan global muammolardan biri ekologiyaning buzilishidir. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasida ham ekologik vaziyatni yaxshilash, bu orqali ifloslangan gaz va havolarni tozalash, aholining salomatligini yanada yaxshilash maqsadida, Prezidentimiz tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi dasturining kuzgi mavsumida mamlakatimiz bo‘ylab qator, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida, Surxondaryo viloyatida ham manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali iqlim sharoitlarini yaxshilash borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari,
vohada xizmat qilib kelayotgan har bir ichki ishlar organlari xodimlari,
faxriylari tomonidan ham mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish
orqali tabiatimizning chiroyiga-chiroy qo‘shish, iqlim ob-havosining tozaligini
asrash va yanada yaxshilash yo‘lida belgilangan chora-tadbirlar asosida amaliy
ishlar davom ettirilmoqda.