29 Noyabr 2024 yil 577

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Brifing bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 mart kunidagi “Transport va turizm ob’ektlarida jamoat  xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4229-sonli Qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilganligi haqida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i mayor Farrux Qodirov tomonidan ma’lumot berib borildi.

Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmatda foydalanishlari uchun 4 ta yengil avtomashina, 5 ta motosikl, 1 ta avtobus, 5 ta skuter va 6 ta sigvey kabi zamonaviy  transport va harakatlanish vositalari bilan ta’minlanganligini qayd etdi.

Viloyat hududidagi turizm namoyishi ob’ektlarida 4 ta “Tourist police” ko‘chma ma’lumotlar markazi ya’ni butkalar o‘rnatilgan, bular Termiz shahridagi San’at saroyi, Arxeologiya muzeyi, Termiz tumanidagi “Al Hakim At-Termiziy” va Sherobod tumanidagi “Abu Iso Muxammad Imom At-Termiziy” majmualarida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ajratilgan bo‘lib, doimiy ravishda xizmat olib borilmoqda.

         Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining maxsus fondi hisobidan Termiz shahri “Yulduz” mahallasi hududidan 2 qavatli zamonaviy jihozlangan xizmat binosi qurib bitkazildi, ushbu binoda xodimlar xizmat olib borishlari uchun kompyuter jamlanmalari va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan alohida xonalar hamda situatsion markazi tashkil etilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchi turistlarning viloyat hududiga kirib kelishidan tortib, qaysi mehmonxonaga joylashib “Ye-mexmon” bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi, sayyohlik ob’ektlariga borishi va qaytib chiqib ketishlari doimiy ravishda nazorati olib boriladi.

       Hozirgi kunda, ushbu situatsion markaziga viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi ob’ektlari, mehmonxonalar, aholi gavjum bo‘lgan joylar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari integratsiya qilingan bo‘lib, doimiy ravishda nazorati olib borilmoqda, qolaversa sutkalik navbatchilik asosida xizmat olib borish davomida viloyatimiz hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlari o‘z vaqtida qabul qilinib, tegishli yordamlar ko‘rsatib kelinadi.

Bundan tashqari, Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati faoliyatini aks ettiruvchi rus va ingliz tillarida hamda xodimlarning kerakli telefon raqamlari ko‘rsatilgan tarqatma bukletlar tayyorlangan bo‘lib, tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulay va tez fursatda zaruriy yordamlar ko‘rsatish maqsadida tarqatilib kelinmoqda.

Text to speech