Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan sayyor boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘inlari davom etmoqda
Viloyat IIB boshlig‘ining 2023-yil 10-dekabr
kunidagi 103-son farmoyishiga asosan, joriy yilning 11-dekabr kunidan 2024-yilning
11-yanvar kuniga qadar Janubiy-operativ qo‘mondonligi tasarrufiga kiruvchi
11506-sonli harbiy qism o‘quv bazasida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari
o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv yig‘inlarini samarali tashkil
etish maqsadida, yig‘in ishtirokchilari viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz
turizmni ta’minlash boshqarmasi binosiga tashrif buyurishdi va u yerda xodimlarning
xizmat olib borish tartibi, ajratilgan moddiy-texnika vositalari va situatsion markaz
faoliyati bilan tanishtirib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quv yig‘ini ishtirokchilari
Termiz shahrida joylashgan “Tarix va madaniyat muzeyi”ga olib borilib, mavjud eksponatlar
va madaniy meros yodgorliklar haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.