27 May 2025 yil 563

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Termiz tarix va madaniyat muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.

Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos hisoblanadi. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa inson qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.

Ayni shu jihatlarni e’tiborga olgan holda joriy yilning 27 may kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Termiz tarix va madaniyat muzeyiga” sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida soha mutaxassislari tomonidan xodimlarga muzey tarixi hamda muzeyda mavjud eksponatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi ekskursiyalarni doimiy ravishda tashkillashtirib borish tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech