Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organalari xodimlariga Yangi yil munosabati bilan spektakl namoyish etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining
ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat
hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’atning xususan
teatrning ahamiyati katta hisoblanadi.
Shu boisdan, joriy yilning 25 dekabr kuni Surxondaryo
viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolariga,
Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish ularni madaniy hordiq chiqarishlari, ma’naviy ozuqa olishlari uchun
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan
“Uydagi gap ko‘chada” nomli spektakli namoyish etildi.
Ushbu spektakl namoyishi Ichki ishlar organlari xodimlarining
madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish ma’naviy
dunyoqarashini yuksaltirish, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga qaratilganligi
bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi.