Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025 yil 18-martdagi PQ-110-son va ichki ishlar organlarida joriy
yilning 1 aprel kunidan 30 aprel kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi”
doirasida, joriy yilning 26 aprel kuni, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga
biriktirilgan, Termiz shahar 7-sonli umumiy o‘rta-ta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari
uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi.
O‘quvchi yoshlar dastlab,
viloyat ichki ishlar boshqarmasi Turizmda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika
markazi bo‘limi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xuzuridagi Tergov boshqarmasi
faoliyati bilan yaqindan tanishishib soha mutaxassislari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan
savollarga javoblar olishdi.
Shundan so‘ng o‘quvchi
yoshlar Termiz davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi” va
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishib, ushbu markaz va muzey
faoliyati, ularda mavjud eksponatlar bilan
yaqindan tanishishdi.
Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish yoshlarda milliy madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ongida buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan fahr tuyg‘usini shakllantirishda, qolaversa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.