Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi va xodimlar e’tiboriga spektakl namoyish etildi.
Insondagi
eng oliy tuyg‘u bu - Vatanparvarlik tuyg‘usidir. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan ona yurtini
jon qadar sevadigan, o‘zga yurt tabiatidan o‘z yurti tabiatichalik zavq ololmaydigan,
diyoridagi katta-kichik yutuqlardan fahrlanadigan, butun aql-zakovati, qalb qo‘ri,
kuch va imkoniyatini shu jamiyat rivojiga baxshida eta olgan insondagina bu tuyg‘u
namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston
Resublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi bayrami munosabati bilan,
Ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ning 2025-yil 21-avgust kunidagi tegishli farmoyishi dasturi ijrosini ta’minlash
maqsadida, joriy yilning 25-avgust kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi
shaxsiy tarkibi va soha faxriylari ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq
uchun!” degan bosh g‘oya asosida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda,
dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan
ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Nodir Xoliqov so‘zga chiqib, mustaqilligimizning
o‘ttiz to‘rt yillik bayrami munosabati bilan uchrashuv qatnashchilarini muborakbot
etib, jonajon yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik,
bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, kelgusi avlodlarni shu
ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan
so‘ng, viloyat ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi a’zolari so‘zga chiqishib,
uzoq yillik mazmunli hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari,
xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida so‘zlab, bugungi
kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar organlari xodimlari
uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, el-yurt ravnaqi
yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi, faxriy
ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul
ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.
Tashkil etilgan mazkur uchrashuvdan so‘ng, soha faxriylari va xodimlar e’tiboriga
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan
“Kalvak Maxsum” nomli spektakli namoyish etildi.
Albatta bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkillashtirib
borish, xodimlarning madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirish, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy
qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, muhim
ahamiyat kasb etadi.