Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolariga teatr namoyish etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini
yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’atning xususan teatrning ahamiyati katta hisoblanadi.
Joriy yilning 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida
xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari e’tiboriga, Surxondaryo viloyati
musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Andishali
kelin” nomli spektakli namoyish etildi.
Ushbu spektakl namoyishi Ichki ishlar organlari xodimlarining madaniyat
va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish ma’naviy dunyoqarashini
yuksaltirish, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga qaratilganligi bilan yanada
muhim ahamiyat kasb etdi.