23 Avgust 2025 yil 86

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining joriy yil 31-iyul sanasidagi va viloyat IIB boshlig‘ining joriy yil 21-avgust kunidagi tegishli farmoyishida belgilangan dasturi ijrosini ta’minlash va ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida, joriy yilning 23-avgust kuni viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oya asosida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarka orqali xodimlarga bozor narxlariga nisbatan ancha arzon va sifatli mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati yaratildi. Bunday tadbirlar ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xodimlar va ularning oilalari uchun moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

Text to speech