Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida talabalar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining
2023 yil 23 avgust kunidagi yig‘ilishi hamda Ichki ishlar vazirligining 2023 yil
6 noyabr kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan “9 dekabr-Xalaqaro korrupsiyaga
qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilishi
kerak bo‘lgan tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash, shuningdek yosh avlodni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularni vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida
joriy yilning 14 noyabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Termiz
Davlat Universiteti talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini
olish, sodir etilgan jinoyatlarni “izziq izi”da fosh etshi, Tergov surishtiruv,
ekspert kriminalistika, Xavfsiz turizmni ta’minlash hamda maxsus vositalar bilan
yaqindan tanishish va ular haqida tegishli ma’lumotlarni olish imkoniyati tug‘ildi.
Bunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan
yetarlicha javoblar olishdi.