Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan “Tourist police” faoliyati yo‘nalishida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi
“Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish
to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining ofitserlik
va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 10 dekabr kunidagi tegishli farmoyishiga
asosan, joriy yilning 11 dekabr kunidan 2024 yilning 11 yanvar kuniga qadar Janubiy-operativ
qo‘mondonligi tasarrufiga kiruvchi harbiy qism o‘quv bazasida boshlang‘ich kasbiy
tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv yig‘iniga jalb etilgan viloyat
ichki ishlar organlarining ofitserlik va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida
xizmatga qabul qilingan xodimlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni
ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash
borasida olib borilayotgan ishlar, xodimlarning xizmat faoliyati, mavjud imkoniyatlar
va ajratilgan moddiy-texnik vositalar haqida kerakli tushunchalar berib o‘tildi.