22 Oktyabr 2025 yil 85

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining o‘ttiz to‘rt yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan kasb bayramini yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda keng nishonlash to‘g‘risidagi" 2025-yil 13-oktabrdagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek viloyat ichki ishlar organlarida bayram tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish maqsadida navbatdagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. 

 Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan bayram munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun arzonlashtirilgan yarmarka tashkil qilindi. Yarmarkada turli turdagi oziq-ovqat va ro‘zg‘or mahsulotlari bo‘yicha keng tanlov yaratildi. Ushbu yarmarka orqali xodimlarga bozor narxlariga nisbatan ancha arzon va sifatli mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati berildi.

 Bunday tadbirlar ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xodimlar va ularning oilalari uchun moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

Text to speech