Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 11 martdagi 121-son buyrug‘iga muvofiq Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining ayrim sohaviy xizmat va shahar-tumani IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘rtasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda to‘rtta shart bo‘yicha ya’ni, amalga oshirilgan
ishlari, test va savollar, og‘zaki suhbat jismoniy va jangovor tayyorgarlik darajasi
bo‘yicha o‘tgan tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, Uzun tumani IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
kapitan Abror
Soxibov uchinchi, Viloyat IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni
komandirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Otabek Narkabilov ikkinchi o‘ringa
loyiq topildi.
Jarqo‘rg‘on tumani
IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Jasur Hazratqulov esa faxrli
1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar viloyat IIBning diplom va qimmatbaho
sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar davom etmoqda.