21 Noyabr 2024 yil 845

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlariga start berildi.

  Viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini  mustahkamlash maqsadida joriy yilning  20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida viloyat IIB boshligining 109-farmoyishi imzolandi.

        Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning
21 noyabr kuni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O‘.G.Hamidov tomonidan Boysun tumani IIB mas’ul xodimlariga “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni tushuntirish bilan bir qatorda xodimlarining avtotransport vositalari, xizmat xonalari hamda ish yurituvidagi hujjatlarini tekshirib, profilaktik tadbirda xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Ushbu profilaktik tadbirlar joriy yil yakuniga qadar davom etib, amalga oshirilgan ishlar borasida batafsil ma’lumot berib boriladi.

Text to speech