Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi “Ommaviy sayyor qabul”i Muzrabot tumanida tashkil etildi.
Yurtimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza
va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur
o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya
qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik
yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki ishlar organlari rahbarlari
bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, 2025 yil 21 iyun kuni
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov
tomonidan Muzrabot tumani At Termiziy mahallasi hududidagi Kasb-hunar maktabi binosida
jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul”i o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli
sohaviy xizmat rahbarlari, tuman hokimi hamda tuman mas’ullari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv,
ishga qabul qilish, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, oila
turmush doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, mulkka zarar yetkazgan
shaxslarga chora ko‘rish, pul oldi berdi masalasi, ijtimoiy ko‘mak, probatsiya
hisobidan chiqarish va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan
murojaatlar qilishdi.
Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan
murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi
sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga
olindi.
“Ommaviy sayyor qabul” yakunida, besh nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga tan olinganligi munosabati bilan ularga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartalari boshqarma boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirilib, ularga samimiy ezgu tilaklar bildirildi.